Siz qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalarini ijaraga olishda alohida ustunlik beruvchi sertifikatga ega bo'lishni istaysizmi? Zamonaviy qishloq xo'jaligi tendentsiyalaridan xabar topib, hosilingizni bir necha barobar oshirishni-chi?
Bu borada sizga qishloq xo'jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi hamda uning viloyatlardagi filiallarida tashkil etilgan "fermerlar maktabi" loyihasi ko'makchi bo'la oladi.
Shunchaki uyali telefoningiz orqali onlayn ariza qoldiring va biz sizga onlayn, oflayn, hattoki, uyingizga borib o'qitish imkoniyatini yaratib beramiz. "Temir daftar", "ayollar daftari" hamda "yoshlar daftari"ga kiritilgan talabgorlarimiz uchun alohida chegirmalar mavjud.
Bu borada sizga qishloq xo'jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi hamda uning viloyatlardagi filiallarida tashkil etilgan "AKIS CENTER" loyihasi ko'makchi bo'la oladi.
Keling, sertifikat oling va 3 balli ustunlikka ega bo'ling!
Kichik eslatma: mazkur o'quv seminarlari qisqa muddatli. yani 5 kunlik 20 soatdan iborat dars soatlarini o'z ichiga oladi.
Ta'lim – chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, sabzavot va polizchilik, issiqxona xo'jaligi, urug'chilik va ko'chatchilik, bog'dorchilik va uzumchilik hamda gulchilik yo'nalishlarida olib boriladi.