Chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, sabzavot va polizchilik, issiqxona xo'jaligi, urug'chilik va ko'chatchilik, bog'dorchilik va uzumchilik hamda gulchilik yo'nalishlari bo'yicha o'lim va professorlar tomonidan olib boriladigan o'quv seminarlari yordamida fermerlik faoliyatini yuritishda tegishli darajadagi bilim va ko'nikmalar xosil qilinishiga yordam beradi

Er uchastkalarini ijaraga olishda qanday ustunliklarga ega bo'laman? Hududiy agroxizmatlar markazlarida ta'lim olgan talabgorlarga dehqon xo'jaliklarini yuritish uchun er uchaskalarini tanlov asosida olishda qo'shimcha 3 ball taqdim etiladi.

Malaka sertifikatini olish uchun agroilm.akis.uz orqali ariza berish hamda o'quv kurslarida faol ishtirok etishning o'zi kifoya.

O'quv kurslarining davomiyligi 5 ish kuni, kuniga 4 soatdan jami 20 soatlik onlayin yoki oflayn qisqa muddatli o'quv seminarlaridan iboratdir.

Qisqa muddatli o'quv seminarlari pullik bo'lib, bazaviy hisoblash miqdorining 1 (bir) baravari miqdorida to'lovni amalga oshiriladi. Agarda talabgor temir daftari, ayollar daftari va yoshlar daftarlarida ro'yxatda tursa ularga aloxida chegimalar mavjuddir.

O'quv seminarlari O'zbekiston Respublikasi qishloq ho'jaligi vazirligi xuzuridagi bilim va innovasiyalar milliy markazining hududiy agroxizmatlar markazlari tomonidan tashkillashtiriladi. Seminarlar tasdiqlangan dars jadvallari asosida, o'lim va professorlar tomonidan olib boriladi.

Qisqa muddatli o'quv darslarini tamomlagan talabgorlar malaka sertifikatlarini hududiy agroxizmatlar markazlaridan yoki agroilm.akis.uz shahsiy kabineti orqali onlayn olishlari mumkin.