MАXFIYLIK SIYoSАTI
Shaxsiy ma`lumotlarning maxfiylik siyosati (bundan keyin matnda Siyosat, deb yuritiladi) “AGROILM.AKIS.UZ” axborot tizimi (bundan keyin matnda Tizim, deb yuritiladi) AGROILM.AKIS.UZ axborot tizimi yoki shu tizimga aloqador boshqa mobilь ilovalardan foydalanish chog`ida foydalanuvchi haqida olinadigan ma`lumotlarga nisbatan qo`llaniladi. Tizim O`zbekiston Respublikasi qonunlariga binoan rasman ro`yxatdan o`tgan tizim hisoblanadi.
Tizimning har qanday resurslaridan foydalanish foydalanuvchi tomonidan mazkur Siyosat va unda ko`rsatilgan shartlarga so`zsiz rozi ekanligini anglatadi. Аgar foydalanuvchi mazkur Siyosat shartlariga rozi bo`lmagan taqdirda u Tizim resurslaridan foydalanmasligi kerak.
1. IBORАLАR
1. AGROILM.AKIS.UZ (bundan keyin matnda Tizim, deb yuritiladi) – bu kontentning serverdagi joylashuv o`rnidir.
2. AGROILM.AKIS.UZ axborot tizimi – bo`sh yer uchastkalarini berish bo`yicha materiallarni to`plash, ko`rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishni amalga oshirishga mo`ljallangan avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
3. Shaxsiy ma`lumotlar – muayyan jismoniy yoki yuridik shaxsga (shaxsiy ma`lumot subьekti) bevosita yoki bilvosita aloqador bo`lgan har qanday ma`lumot hisoblanadi.
4. Shaxsiy ma`lumotlarning maxfiyligi – jismoniy yoki yuridik shaxslarning ma`lumotlaridan foydalanish huquqiga ega bo`lgan shaxslarning, boshqalarga taalluqli ma`lumotlardan ularning roziligisiz yoki qonuniy asoslarsiz foydalanmasligi va tarqatmasligi uchun majburiy talab hisoblanadi.
2. FOYDАLАNUVChINING TIZIM TOMONIDАN YIG`ILАDIGАN VА QАYTА IShLАNАDIGАN ShАXSIY MАЪLUMOTI
5. Ushbu Maxfiylik siyosati foydalanuvchining saytdan ro`yxatdan o`tish, huquqiy hujjatlardan foydalanish chog`ida Tizim tomonidan so`ralgan ma`lumotlar kiritilganda ushbu ma`lumotlarning maxfiyligini muhofaza qilish va oshkor etmaslik tartibini ta`minlashga qaratilgan Tizim ma`muriyatining (bundan keyin matnda Ma`muriyat deb yuritiladi) majburiyatlarini belgilaydi.
6. Ushbu Maxfiylik siyosati doirasida qayta ishlashga ruxsat berilgan shaxsiy ma`lumotlar Tizimda ro`yxatdan o`tish chog`ida jadvalni to`ldirish orqali foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda taqdim etiladi va u quyidagilarni o`z ichiga oladi: Foydalanuvchining familiyasi, ismi-sharifi, foydalanuvchining telefon raqami, elektron pochta manzili (e-mail). Shuningdek, ishlov beriluvchi ma`lumotlarga Foydalanuvchi tomonidan mustaqil ravishda Tizim ma`muriyatiga yoki ma`muriyatning iltimosiga ko`ra taqdim etilgan har qanday qo`shimcha ma`lumot kiradi.
ShАXSIY MАЪLUMOTLАR XАVFSIZLIGI
7. Shaxsiy ma`lumotlarni noqonuniy xatti-harakatlardan, yo`qolish, yo`q qilish va uchinchi shaxslar tomonidan ruxsatsiz kirishdan himoya qilish uchun ma`muriyat zamonaviy dasturiy ta`minot va apparatni himoya qilish vositalaridan hamda tashkiliy xavfsizlik choralaridan foydalanadi.
Ma`muriyat ma`lumotlarning maxfiyligini ta`minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishni o`z zimmasiga oladi.
Ma`muriyat foydalanuvchining iltimosi yoki uchinchi shaxslarning da`volari bo`yicha sud yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarning so`roviga asosan, ma`muriyatning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash yuzasidan, shuningdek qonunchilikda belgilangan boshqa hollarda foydalanuvchining shaxsiy ma`lumotlariga kirish huquqiga ega.
MАXFIYLIK SIYoSАTINI O`ZGАRTIRISh
8. Ma`muriyat ushbu Siyosatga mustaqil ravishda o`zgartirish kiritish huquqiga ega. Siyosatning o`zgartirilgan versiyasi Tizimda e`lon qilingan paytdan boshlab darhol kuchga kiradi va foydalanuvchi uchun majburiy hisoblanadi. Foydalanuvchilarga Siyosat o`zgarishi to`g`risida maxsus xabar berish mumkin, ammo bunday ogohlantirish talab qilinmaydi va Ma`muriyat barcha manfaatdor tomonlarni Siyosatdagi o`zgarishlarni kuzatishga undaydi. Siyosatdagi o`zgarishlarga rozi bo`lmagan taqdirda, foydalanuvchi Tizimdan foydalanishni to`xtatishi shart.